Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

09.02.2026 1 daq o'qish 50

Universitetimizda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 9-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD U. Otayarova boshchiligida tyutorlar hamda universitet talabalari ishtirokida “G‘azal mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida buyuk mutafakkir va shoirning hayoti hamda boy ijodiy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Navoiy g‘azal va ruboiylari ifodali tarzda o‘qildi, asarlaridan parchalar sahnalashtirildi hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ushbu tadbir talaba-yoshlar qalbida milliy adabiyotimizga, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Galereya

Ulashish: