2026 yil 1-avgust kuni Samarqand Yoshlar Texnoparkida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida "Startap loyihalar" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet talabasi Jahonova Rohila II o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, innovatsion yechimlarning amaliy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi va jamiyat uchun foydaliligi yuzasidan baholandi. Shuningdek, yoshlarning kreativ fikrlashi, muammolarga zamonaviy yondashuvi hamda tadbirkorlik salohiyati alohida e’tirof etildi.