2025-yil 28-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Tillar va global tadqiqotlar hamda Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedralaridan jami 10 nafar professor-o‘qituvchi Turkiyaning QS reytingida 628-o‘rinni egallagan nufuzli Istanbul universitetida o‘tkazilgan “Modern Turkological Studies” xalqaro seminari doirasida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘zaro tajriba almashish, yangi ilmiy g‘oyalar ustida fikr yuritish, shuningdek, Scopus bazasida indekslanuvchi “Türkiyat Mecmuası” jurnalida maqolalar chop etish, qo‘shma ilmiy loyihalar tuzish va xalqaro konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mazkur seminar ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va turkologiya yo‘nalishida qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.