Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” — adabiyot ixlosmandlari davrasida

16.09.2026 1 daq o'qish 82

“Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” — adabiyot ixlosmandlari davrasida

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan xorijlik talabalar uchun 2026-yil 16-sentabr kuni “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” tadbiri tashkil etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ruhda tashkil etilgan tadbirda taniqli shoir Zubaydulla Ibragimov, shoiralar Zuhro Eshonqulova va Qurbonoy Yusupova ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ijodkorlar o‘zlarining sara she’riy namunalaridan parchalar o‘qib, adabiyot, she’riyat va ijod olami haqidagi fikrlari bilan talabalar bilan o‘rtoqlashdilar.

She’riy mushoira jarayonida talabalar o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalaridan yod olgan she’rlarini ijodkorlar va tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etdilar. Bu esa mahalliy va xorijlik talabalarning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, milliy adabiyotimiz va madaniyatimizga bo‘lgan hurmati tobora ortib borayotganini namoyon etdi.

Galereya

Ulashish: