“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining magistratura talabasi Van Binbin xonim va professor TONGQIAN Zou bilan hamkorlikda “Xitoyning qurg‘og‘chil va yarim qurg‘og‘chil hududlarida ekologik tiklash siyosatlari: tuzilma–instrument–samaradorlik uch o‘lchovli tahlil yondashuvi” nomli ilmiy maqola WoS/SCOPUS bazalariga kiritilgan Sustainable Futures jurnalining 11-sonida (2026 yil) chop etildi.
Mazkur tadqiqotda VosViewer usuli asosida 2004–2024 yillar oralig‘ida e’lon qilingan 178 ta ekologik tiklash siyosati hujjatlari tahlil qilingan. “Tuzilma – instrument – samaradorlik” uch o‘lchovli tahliliy modeli, matnlarni qazib olish (text mining), siyosiy instrumentlar tahlili, PMC indeks modeli hamda sifat va miqdoriy tadqiqot usullarining uyg‘unlashuvi orqali Xitoyning qurg‘og‘chil va yarim qurg‘og‘chil mintaqalaridagi ekologik tiklash siyosatlarining kuchli va zaif tomonlari har tomonlama baholangan.
Clarivate tomonidan e’lon qilingan 2023-yilgi Journal Citation Reports (JCR) ma’lumotlariga ko‘ra, Sustainable Futures jurnali ENVIRONMENTAL SCIENCES hamda GREEN & SUSTAINABLE SCIENCE & TECHNOLOGY yo‘nalishlariga kiradi. Jurnalning 2023- yilgi Impact Factor ko‘rsatkichi 5.4 ni tashkil etgan. Clarivate rasmiy JCR reytingiga ko‘ra, jurnal GREEN & SUSTAINABLE SCIENCE & TECHNOLOGY yo‘nalishida Q1, ENVIRONMENTAL SCIENCES yo‘nalishida esa Q2 toifasiga kiritilgan.