2025-yilning 6-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Xotin-qizlar sha’ni davlat himoyasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni kengash raisi M.Abbasova xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar tahlili va “Oilada ona va qiz o‘rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ochib berdi.
Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatchilikning salbiy oqibatlari va tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlarini aniqlash, ularning oldini olish bugungi kunning dolzarb muammosi mavzusidagi ma’ruzasi bilan Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi kapitani N.Sattorova chiqish qildi.
“Qizlar gigiyenasi va sog‘lom turmush tarsi, erta nikoh hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzusidagi ma’ruza bilan Samarqand shahar Markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasi yuvenolog, o‘smir qizlar ginekolog vrachi D.Mamatova ishtirok etdi.
Universitet psixologi D.Turdiyeva “Tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan xotin-qizlarga psixologik yordam” mavzusi doirasida nutq so‘zladi. Shuningdek, o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirishga, o‘zligini anglashga yordam beruvchi ajoyib mini-trening o‘tkazdi va qizlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir doirasida videoroliklar ham namoyish etildi.
“Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubi a’zolarining badiiy chiqishlari barchaga quvonch hadiya etdi. Talabalar mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.