“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va kreativ industriyalarga bag‘ishlangan infotur tashkil etildi. Tadbir universitet va “NAZAAR Innovation Group” o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida “Future Lab by NAZAAR Innovation Group” laboratoriyasi tomonidan uyushtirildi.
Infotur davomida talabalar “Magic Mirror” interaktiv installyatsiyasi va “NazzAR Bobo” raqamli qahramoni bilan tanishdilar. Tadbirda universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov va “NazzAR Innovation Group” asoschisi Bobur Rahimov smart-turizm, madaniy merosni raqamlashtirish va AI imkoniyatlari haqida gapirdilar.
Amaliy qismda talabalar “AI/AR/VR Lab” faoliyati, startap ekotizimi, virtual va kengaytirilgan reallik yechimlari hamda madaniy meros obyektlarini 3D modellashtirish va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, universitet va “Future Lab by NazzAR Innovation Group” o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, talabalar zamonaviy laboratoriyalarda amaliyot o‘tashi, qo‘shma innovatsion loyihalarda qatnashishi va raqamli turizm sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.