2025-yil 17-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida dolzarb tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova so‘zga chiqib, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusidagi ma’ruzada gender tenglik masalalari, oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari hamda uning yechimlariga alohida e'tibor qaratdi. Shuningdek, universitet Ilmiy bo‘limi boshlig‘i, “Turizm menejmenti” fakulteti dekani va universitet psixologi mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Tadbirda zo‘ravonlikka qarshi kurashish, xotin-qizlar o‘z xuquq majburiyatlarini bilishi lozimligi haqidagi videorolik namoyish qilindi. Tadbir so‘nggida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.