08.08.2025
1 daq o'qish
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ–135-son hamda 2024-yil 18-iyuldagi PQ–269-son qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarning turistik salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida turizm madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda ularni sohaga qiziqtirish maqsadida tumandagi umumta’lim maktablarida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvlar davomida:
• hududning turistik salohiyati, tarixiy-madaniy merosi va tabiiy boyliklari haqida ma’lumotlar berildi;
• turizm sohasining istiqbollari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘nalishlari tushuntirildi;
• o‘quvchilarni turizm yo‘nalishiga qiziqtirish maqsadida suhbatlar, savol-javoblar hamda taqdimotlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar Samarqand tumanidagi 34-maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi hamda hudud turistik salohiyatining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.