Bugun, 6-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor P.Islomov hamkorligida 2-bosqich talabalari uchun tadbir tashkil qilindi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, kuzgi imtihonlardan oldin talabalar ruhiyatini ko‘tarish, ularga o‘z hissiyotlarini boshqarishni o‘rtatish, emotsional barqaror bo‘lishga yordam berish edi. Shuningdek, bu yo‘ldagi samarali psixologik usullardan foydalanildi va amaliyotda qo‘llanildi.