UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Turizm sohasida ta’lim, amaliyot va klaster tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

20.05.2026 1 daq o'qish 1

Turizm sohasida ta’lim, amaliyot va klaster tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son qarori ijrosini ta’minlash, xususan turizm sohasida zamonaviy klaster tizimini joriy etish, ta’lim jarayonini amaliyot bilan samarali integratsiya qilish hamda xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan ikki tomonlama muloqot olib borildi.

Muloqotda universitet hamda UN Tourism Academy faoliyati, turizm klasterini shakllantirish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, mehmonxona va turizm menejmenti sohalarida qo‘llanilayotgan xalqaro yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish hamda turizm sohasida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish bo‘yicha kelgusidagi amaliy qadamlar muhokama qilindi.

Ulashish: