“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Беш муҳим tashabbus” va “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida mahalliy hamda xorijiy talabalar o‘rtasida Suzish bo‘yicha Rektor kubogi musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqa yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sport ruhini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi. Bellashuvlarda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik va xorijlik talabalar faol ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining suzish bo‘yicha mahoratlarini namoyon etdilar. G‘oliblar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanib, ular faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.