Bugungi raqobatbardosh bozorda mehmonxona biznesining muvaffaqiyati ko‘plab omillarga bog‘liq. Ularning eng muhimi — samarali marketing strategiyalari va to‘g‘ri menejment qarorlarini qabul qilishdir. Buning uchun esa ma'lumotlar tahlili — asosiy vosita hisoblanadi.
Marketing strategiyalari mehmonxonaga mijozlarni jalb qilish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va raqobatchilardan ustun bo‘lishga yordam beradi. Ma'lumotlar tahlili yordamida mijozlarning xatti-harakatlari, talab va istaklari chuqur o‘rganiladi. Bu esa yangi takliflar, chegirmalar va reklama kampaniyalarini samarali rejalashtirish imkonini beradi.
8-sentyabrdan 10-oktyabrgacha davom etadigan ushbu trening davomida, ishtirokchilar marketing strategiyalari va mehmonxona menejmenti jarayonlarida ma'lumotlarni qanday to‘plash, tahlil qilish va amaliy qo‘llash bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bu esa ularni mehmonxona biznesida samarali va raqobatbardosh boshqaruvchilar qilib tayyorlaydi.