5-dekabr kuni Samarqand shahrida “Xitoy madaniyati kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Xitoy madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Lu Yingchuan universitetimizda tahsil olayotgan xitoylik talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim olishi, yashash uchun sharoitlari bilan qiziqdi.
Universitetimiz prorektori Zou Tongqian Xitoy madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Lu Yingchuanga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining rivojlanish jarayonlari haqida gapirib berdi. “Xitoy madaniyati kuni” tadbirida vazir o‘rinbosari Lu Yingchuan va O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov ishtirok etib, madaniy almashinuv ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, do‘stlikni yanada chuqurlashtirish xususida o‘zaro fikr almashishdi. Tadbir yakunida universitetimizda ta’lim olayotgan xitoyik o‘qituvchi va talabalar an’anaviy xitoy musiqasiga bag‘ishlangan maxsus konsert dasturini tomosha qilishdi.