2025-yil 22-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bir guruh 1-, 2- va 3-bosqich talabalari ishtirokida “Feminizm va demokratiya” mavzusiga bag‘ishlangan qiziqarli va mazmunli munozara tashkil etildi. Tadbirda talabalarimiz mavzu yuzasidan o‘z fikr va qarashlarini erkin tarzda ifoda etdilar.
Munozara davomida ishtirokchilar bugungi globallashuv davrida dolzarb bo‘lgan masalalar — gender tengligi, inson huquqlarini himoya qilish, jamiyatda adolat va teng imkoniyatlarni ta’minlash mavzularida fikr almashdilar. Bahs-munozaralar jarayonida talabalarning chuqur tahliliy yondashuvi, mantiqiy fikrlashi va notiqlik mahorati yanada oshdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning erkin fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va o‘z nuqtayi nazarini asoslab himoya etish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.