Bugun, 16-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva tomonidan tashkil etilgan “Psixolog mehmonxonasi” klubining ilk tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda orzularning tezroq amalga oshishiga yordam beruvchi “Orzular xaritasi” psixologik metodikasi amaliyotda qo‘llanildi.
Ijobiy muhit va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan motivatsion treningda ishtirokchilar o‘z orzu-maqsadlari xaritasini yaratishdi. O‘z navbatida, D.Turdiуeva orzularga erishish yo‘llari, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish haqida gapirib, barchaga ulkan motivatsiya ulashdi.