“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitetining “Turizm” yo‘nalishi bakalavr bosqichi TH-425 guruhi talabalari “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Dilrabo Mardonova rahbarligida Samarqand shahridagi “Meridian Plaza” mehmonxonasiga o‘quv-amaliy tashrif uyushtirishdi.
Dual ta’lim tizimi asosida tashkil etilgan ushbu tashrifdan asosiy maqsad – talabalarning nazariy bilimlarini real ish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘ldi. Amaliyot davomida talabalar mehmonxona faoliyati, mehmonlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari, infratuzilma hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, talabalar mehmonxona xodimlarining faoliyatini kuzatish bilan birga, ayrim xizmat jarayonlarida bevosita ishtirok etib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulot talabalarning kasbiy tayyorgarligi va mehmonxona industriyasidagi real ish muhitini anglashlarida muhim qadam bo‘ldi.