2025-yil 28-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari T. Akramova va N.Axrorovalar tomonidan TTE-125, TTE-225 hamda TTE-325 guruh talabalari ishtirokida avstraliyalik yozuvchi Craig Silveyning mashhur “Jasper Jones” romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar asardan tanlab olingan muhim parchalar asosida sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Ushbu teatrlashtirilgan chiqishlar orqali roman mazmuni, undagi ijtimoiy muammolar, xususan, irqchilik, adolatsizlik va inson huquqlari bilan bog‘liq masalalar tomoshabinlarga chuqur va ta’sirchan tarzda yetkazildi. Talabalar o‘z ijodiy yondashuvlari, aktyorlik mahorati va tarjimaviy tahlillari orqali asarning g‘oyaviy mohiyatini ochib berishga harakat qildilar. Mazkur taqdimot nafaqat adabiy bilimlarni mustahkamlash, balki yoshlar ongida bag‘rikenglik, insonparvarlik va millatlararo totuvlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, adabiyotning jamiyat hayotidagi muhim o‘rni yana bir bor namoyon bo‘ldi.