Universitetimizning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari turizm sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, O‘zbekistondagi yetakchi xalqaro mavqega ega bo‘lgan turistik kompaniya hamda mehmonxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va ular faoliyatiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ana shu maqsadda joriy yilning 27-noyabr kuni Fransiyaning Accor mehmonxonalar guruhiga kiruvchi Mövenpick Samarkand mehmonxonasi bosh menejeri Natalia Grineva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda 50 nafar magistratura ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Mövenpick Samarkand mehmonxonasining ish jarayoni va tashkiliy jihatlari, mehmonxona xizmatlarining mahalliy va xalqaro bozorda ko‘rsatilishi, narx siyosati, brending hamda ish jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsiyalar haqida fikrlar almashildi. Magistrlarga mehmonxonada ishlash imkoniyatlari hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish istiqbollari yuzasidan ma’lumotlar berildi.