2025-yil 25-iyul kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari uchun turizm va servis sohasi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida turizm sohasiga qiziqishni oshirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kasbga yo‘naltirish orqali ularning bandligini ta'minlashdan iborat.
Mahorat darslari davomida talabalar turizm va servis sohalaridagi zamonaviy yo‘nalishlar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, professional etika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tajribali mutaxassislar ishtirokida interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga amaliy javoblar olishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi hamda ularning kelgusida turizm sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlariga ishonch bildirildi.