UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bitiruvchilari dunyoning Top-100 taligiga kiruvchi Buyuk Britaniyaning Glasgow universiteti magistraturasiga grant asosida qabul qilindi

18.07.2025 1 daq o'qish 1

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bitiruvchilari dunyoning Top-100 taligiga kiruvchi Buyuk Britaniyaning Glasgow universiteti magistraturasiga grant asosida qabul qilindi

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining iqtidorli bitiruvchilari Xoliyeva Albina va Mustafaqulova Sabina Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur Glasgow universitetiga magistratura bosqichida grant asosida taʼlim olish uchun muvaffaqiyatli qabul qilindi. Ushbu xalqaro grant dasturi doirasida universitet bitiruvchilari turizm yo‘nalishida chuqur bilim olish bilan birga, ilmiy va amaliy tadqiqotlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomidan yosh mutaxassislarimizni ushbu ulkan yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy hamda amaliy faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz.

Ulashish: