Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Germaniya Bundestagi deputatlari universitetimizga tashrif buyurdi

18.09.2026 1 daq o'qish 57

Germaniya Bundestagi deputatlari universitetimizga tashrif buyurdi

2026-yil 17-sentabr kuni Germaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tashrif doirasida Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi deputatlari P. Felzer va K. Birg‘han universitetimizga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlarga universitetning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, turizm va madaniy meros sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ular universitetning bir guruh faol talabalari bilan uchrashib, samimiy muloqot o‘tkazdilar. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim, xalqaro tajriba, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi aloqalar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida ta’lim, turizm, madaniy meros va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuvlarni kengaytirish hamda talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

Galereya

Ulashish: