logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi bitiruvchilari diplomlarini oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ–269-sonli qarori — “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hujjatga muvofiq, 2024–2026-yillar davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida gid-tarjimon va ekskursovod kadrlarini tayyorlash vazifasi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida 2024-yil sentabr oyidan boshlab universitet huzurida “Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

2024-yil aprel–avgust oylarida tashkil etilgan navbatdagi, ya’ni 3-guruh tinglovchilari uchun 16 hafta davomida sifatli va intensiv o‘quv jarayoni tashkil etildi. Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar, malakali gidlar hamda turizm sohasi mutaxassislari tomonidan olib borildi. Darslar nazariy va amaliy yo‘nalishlarda o‘tkazilib, tinglovchilar Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent va Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy-madaniy ob’ektlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Natijada tinglovchilar turizm sohasida chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi.

16-sentabr kuni 3-guruhni tamomlagan 22 nafar tinglovchiga “Gid-ekskursovodlik” diplomlari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur dastur mamlakatimizda turizm sohasining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan yetuk, malakali va xorijiy tillarni yaxshi biladigan mutaxassislarni tayyorlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.


image
image
image
image
image
image
image
Qidiruv