2025-yil 20-oktabr kuni “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Koreya Respublikasining sobiq tashqi ishlar vaziri, Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (ICAPP) Doimiy qo‘mitasi vitse-prezidenti janob Chung Euiyong ma’ruza qildi.Mazkur tadbir Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida janob Chung Euiyong Koreya Respublikasining tashqi siyosiy strategiyasi, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro diplomatiya va barqaror rivojlanish sohalaridagi tajriba hamda yutuqlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u xalqaro hamkorlikning globallashuv jarayonidagi ahamiyati, yosh avlodda ochiq fikrlashni rivojlantirish va diplomatik madaniyatni shakllantirish zarurligi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ma’ruza davomida talabalar Koreya Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlashdagi asosiy omillar, siyosiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha ilg‘or tajribalar xususidagi fikrlarni tinglashdi. Tadbir yakunida mehmon ishtirokchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi, talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.Mazkur ma’ruza universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, Koreya Respublikasi bilan o‘zaro ilmiy, madaniy va diplomatik aloqalarni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.