Turistik firma rahbarlari talabalarga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi
Turizm kafedrasi o‘qituvchilari M.Vafoqulova va Z. Makhmudova tomonidan “Building a Thriving Business System: Integrating Entrepreneurship, Branding and HR” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.
Ushbu tadbirga mehmon ma’ruzachilar sifatida “Shams tour” turistik firmasi direktori va asoschisi Sh.Dzhurakulova hamda “Hilton Garden Inn” mehmonxonasining department boshlig‘i taklif qilindi.
Ma’ruzada brending va tadbirkorlik (entrepreneurship) fanlaridan tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etdilar. Mehmonlar tomonidan barqaror biznes tizimini yaratishda tadbirkorlik, brending va inson resurslarini boshqarishning integratsiyalashuviga oid amaliy bilim va tajribalar xususida gapirib berdi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.