“Yevroosiyo yuragiga sayohat” Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston tadbirkorlari, olimlari, jurnalistlari va blogerlarini birlashtirgan keng koʻlamli loyihadir. Ekspeditsiya Markaziy Yevroosiyo mamlakatlari o‘rtasida biznes va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar, seminarlar va madaniy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
2025-yil 18-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Moskva shahridagi “Xalqaro mintaqaviy integratsiya markazi” nodavlat notijorat tashkilotining “Yevroosiyo yuragiga sayohat – 2025” xalqaro ekspeditsiyasi doirasaida Markaziy Osiyo xalqlarining zamonaviy etnik madaniyatlari o'ziga xosligining birligi mavzusidagi ilmiy davra suhbati bo'lib o'tdi,
Universitetning "Tarix va madaniy meros" kafedrasi o‘qituvchilari Xidirov Muxsin Mixaylovich, Boynazarov Odiljon Fayzullaevich va "Turizm" kafedrasi o‘qituvchisi Raxmatullaev Botir Shermaxmatovichlar mos ravishda o'zlarining “Oʻrta Osiyodagi Ipak yoʻli karvonsaroylari”, “Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi o'ziga xoslik va integratsiya o'rtasidagi zamonaviy etnomadaniy o'ziga xosliklar” mavzularida ma'ruza qilishdi.