• icon
  • icon
  • icon
  • icon
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
  • Universitet
    • Universitet haqida
      • Missiya
      • Ramzlar
      • Aloqa
      • Bitiruvchilar assotsiatsiyasi
    • Rektor tabrigi
    • Meyoriy hujjatlar
      • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
      • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
      • Universitet ustavi
      • Maqsadli ko'rsatkichlar
      • KPI
      • Ochiq ma'lumotlar
    • Davlat ramzlari
      • Bayroq
      • Gerb
      • Madhiya
    • Vakansiya
  • Tuzilma
    • Rahbariyat
      • Rektor
      • Senat
      • Prorektorlar
    • Fakultetlar
      • Turizm menedjmenti
    • Kafedralar
      • Turizm
      • Tarix va madaniy meros
      • “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi
      • Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi
      • Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • Ishlar boshqarmasi
      • Raqamli ta'lim texnologiyalari va masofaviy ta'lim markazi
      • Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi
      • Kutubxona
      • Qabul komissiyasi va marketing
      • Devonxona va arxiv
      • Ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya bo'limi
      • Professional ta'lim muassasalari
      • PR va matbuot bo'limi
      • Ishlar boshqarmasi
      • Reja - moliya bo‘limi
      • Buxgalteriya
      • Magistratura bo’limi
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
    • Universitet tuzilmasi
      • Universitet tuzilmasi
    • Rahbariyat vazifalari
      • Rektor lavozim vazifalari
      • Birinchi prorektor
      • O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
      • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
  • Faoliyat
    • O'quv jarayonlari
      • Dars jadvali
      • Imtihon
      • Ofis registratori bo'limi
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
      • Akademik kengash
      • Fan dasturlari (syllabus)
    • Ilmiy faoliyat
      • E-jurnal
      • Ilmiy tadqiqotlar bo'limi
    • Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
      • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
      • Sport mashg‘ulotlar bo‘limi
      • Tyutorlar faoliyati
      • Yotoqxona tarbiyachi-pedagogi
      • University prevention inspector
      • Xotin-qizlar kengashi raisi
      • Universitet psixologi
      • Yoshlar ittifoqi
      • Sport klubi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Xalqaro aloqalar
      • Xalqaro grantlar va shartnomalar
      • Global ta'lim bo'limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
    • Sifat siyosati
      • Sifat siyosati
      • Yil sarhisobi
    • Erasmus+
      • Erasmus+
      • Loyiha jamoasi
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • O'tkazilyotgan tadbirlar
    • Universitet Kasaba uyushmasi
      • Rektor murojaati
      • Universitet Kasaba uyushmasi
  • Abituriyentlarga
    • Qabul
      • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish tartibi
      • Qabul kvotalari
      • O‘tish ballari
      • Qabul komissiyasi
    • Bakalavryat
      • Eslatma
      • Kirish imtihonlari
    • Xorijlik abituriyentlarga
      • Qo'llanma
      • Stipendiyalar
      • Study in Uzbekistan
    • Magistratura
      • Nizom
      • Qabul kvotalari
      • Manzil
      • Qabul komissiyasi
  • Talabalarga
    • Bakalavriat
      • O'quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Stipendiyalar
      • Axloq kodeksi
      • Talabalar klublari
      • Kontrakt to'lovlari
    • Magistratura
      • O‘quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Kontrakt to'lovlari
      • Ro'yhatdan o'tish
    • TEDx
      • TEDx
    • Akademik taqvim
      • Akademik taqvim
    • Tizimlar
      • Tizimlar
    • Ekofaol talabalar
    • Bitiruvchilar
      • Karyera markazi
      • Bitiruvchilar bandligi
      • KELAJAKGA QADAM MARKAZI
    • Akademik mobillik
      • Akademik mobillik
  • Yangiliklar
    • Universitet yangiliklari
    • E'lonlar
    • Maʼnaviy tadbirlar
    • Yashil universitet
      • Yashil makon
      • Yashil universitet
    • Faxriy mehmonlar
    • Galereya
  • SDGs
Qabul
logo
  • info@univ-silkroad.uz
  • +99866 240-67-68
shape
shape
shape

Batafsil ma'lumot

Home Batafsil ma'lumot
image
  • Temur Nazarov
  • 2026-02-25
  • Siyosiy

Prezident topshiriqlari ijrosi: universitetda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi

24-fevral kuni universitetimiz rektori Muhsinjon Xolmuxamedov Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan muhim yig‘ilishni o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda universitetda talaba-yoshlar bilan bevosita va yaqin hamkorlikda faoliyat olib boruvchi mas’ul xodimlar ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda rektor M. Xolmuxamedov dastlab yoshlarning startap loyihalarini aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va bu jarayonlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida ajratish masalalariga alohida to‘xtaldi. Bu borada “Kelajakka qadam” dasturi doirasida tijorat banklari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, talaba-yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, har bir talaba bilan yakka tartibda, yaqindan muloqot olib borish, ularning muammo va takliflarini tinglash dolzarb vazifa etib belgilandi.

Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan yangi tashabbuslardan kelib chiqib, yig‘ilishda muhim qarorlar qabul qilindi. Xususan, har haftaning payshanba kuni Yoshlar kuni etib belgilanishi munosabati bilan universitetimizda ham aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Endilikda mas’ul xodimlar tomonidan haftaning har payshanba kuni talabalar bilan faol tarzda ish olib borish, ularning taklif va ehtiyojlarini o‘rganish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, universitetda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot doirasida qator uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirildi. Bu esa talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va ularni real ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishning yana bir muhim yangiligi — universitetda talaba-yoshlarni o‘z atrofiga birlashtiruvchi va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishda amaliy ko‘makchi bo‘ladigan “Mening birinchi kasbim” loyihasi doirasida “Biznes inkubator”ning tashkil etilishi bo‘ldi. Mazkur inkubator yosh tadbirkorlarning dastlabki qadamlarini mustahkamlash va ularning g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, yig‘ilishda universitetning Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning dam olishi va ta’lim olishi uchun qulay muhit yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarini doimiy ravishda o‘tkazish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.

Berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi universitetimiz talabalarining yangi yutuqlariga zamin yaratadi.


image
image
image
image
Share:   
Qidiruv
Oxirgi xabar