“Xalqaro turizm: muammolar va istiqbollar” nomli jamoaviy monografiya Belarus, Qozog‘iston, Rossiya hamda O‘zbekiston universitetlari o‘rtasidagi samarali xalqaro hamkorlik doirasida yaratilgan nufuzli ilmiy asardir. Ushbu loyihada 12 ta oliy ta’lim muassasasidan 22 nafar akademik iqtisodchi ishtirok etib, turizm sohasining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollarini chuqur ilmiy tahlil qilgan.
Monografiyada jahon turizmining zamonaviy holati, pandemiyadan keyingi tiklanish jarayonlari, barqaror turizmni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari hamda sohani samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar atroflicha yoritilgan. Monografiyada turizmning milliy iqtisodiyotlar uchun strategik ahamiyati, ayniqsa, boy tabiiy resurslar, noyob madaniy meros, tarixiy yodgorliklar va innovatsion texnologiyalarga ega mamlakatlar uchun muhim daromad manbai ekanligi ilmiy dalillar asosida asoslab berilgan.
Mazkur monografiya nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy ahamiyati bilan ham alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalar uchun qimmatli manba vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, Nargiza Mansurova ham ushbu ilmiy to‘plamni tayyorlash jarayonida faol ishtirok etgani, uning turizm iqtisodiyoti sohasidagi chuqur ilmiy tahlillari va takliflari monografiya mazmunini yanada boyitgani alohida e’tirof etiladi. Uning ilmiy hissasi ushbu nufuzli xalqaro tadqiqotning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim o‘rin tutadi.