Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Magistratura talabalari uchun "Tanishtiruv haftaligi" doirasida uchrashuv o'tkazildi

18.09.2026 1 daq o'qish 28

Magistratura talabalari uchun "Tanishtiruv haftaligi" doirasida uchrashuv o'tkazildi

Universitetda 16-sentabr kuni magistratura bosqichiga yangi qabul qilingan talabalar ishtirokida tanishtiruv haftaligi doirasida uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish, ta’lim jarayonining muhim jihatlari hamda magistratura bosqichida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga oid zarur ma’lumotlar berildi.

Universitet rektori Muxsinjon Xolmuxamedov tadbirni ochib berdi va o’z nutqida magistratura ta’limi yuqori darajadagi mustaqil izlanish, ilmiy yondashuv va kasbiy rivojlanishni talab etishini ta’kidlab, talabalarga o‘qish va ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Taqdimot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ullardan batafsil javob va tavsiyalar oldilar.

Galereya

Ulashish: