Universitetimizda profilaktik işlar va talabalar uçun yaratilgan şaroitlar örganildi
Universitetimizda talabalar örtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, soğlom ma’naviy-ruhiy muhitni ta’minlaş hamda yoşlar uçun yaratilgan şaroitlarni örganişga qaratilgan tadbir taşkil etildi. Respublika idoralararo muvofiqlaştiruvçi ştabi va işçi guruhi a’zolari universitetga taşrif buyurdilar.
Taşrif davomida universitet rektori tomonidan talaba-yoşlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, yoşlarni turli salbiy illatlar hamda yot ğoyalardan asraş, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, alohida e’tibor talab qiladigan talabalar bilan manzilli işlaş va ta’lim muassasasida soğlom ma’naviy-ruhiy muhitni şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan taqdimot ötkazildi.
Işçi guruhi a’zolari universitetda yölga qöyilgan tizimli profilaktik işlar, tegişli idora va taşkilotlar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, şuningdek, talabalar muammolarini barvaqt aniqlaş va ularni hal etişga qaratilgan amaliy mexanizmlar bilan yaqindan tanişdilar.
Taşrif doirasida viloyatda oilaviy nizolar va ular oqibatida yuzaga kelişi mumkin bölgan huquqbuzarliklarning oldini oliş, oilalardagi kelişmovçiliklarni erta aniqlaş hamda ularni tinç yöl bilan hal etiş mexanizmlarini takomillaştirişga bağişlangan “Oilaviy nizolarni vositaçilik yöli bilan hal etiş” mavzusida seminar ham taşkil etildi.
Seminarda oilaviy nizolarni sudgaça yetkazmasdan, özaro kelişuv va vositaçilik tartib-taomillari orqali hal etişning afzalliklari, nizoli vaziyatlarning kelib çiqiş sabablari hamda ularning oldini olişda mahallaning yettiligi, davlat idoralari, ta’lim muassasalari va jamoatçilik örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.