Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz vakillari “InnoWeek–2026” xalqaro haftaligida iştirok etmoqda

27.10.2026 1 daq o'qish 36

Universitetimiz vakillari “InnoWeek–2026” xalqaro haftaligida iştirok etmoqda

Toşkent şahrida 27–29-oktabr kunlari “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi bölib ötmoqda. Bu xalqaro tadbir innovatsion ğoyalar, zamonaviy texnologiyalar, raqamlaştiriş va ilmiy işlanmalarni rivojlantirişga qaratilgan.

Haftalik doirasida xorijiy ekspertlar, investorlar, tadbirkorlar hamda ilm-fan namoyandalari iştirokida innovatsion rivojlanişning dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda.

Mazkur xalqaro tadbirda universitetimiz vakillari ham faol iştirok etmoqda. Ular tadbirlar davomida innovatsiyalar sohasidagi ilğor tajribalar bilan tanişiş, yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş hamda universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirişga xizmat qiluvçi tajribalarni örganiş imkoniyatiga ega bölmoqda.

Haftalik doirasida “Ilmiy naşriyot madaniyati va akademik halollik” mavzusida xalqaro forum ham taşkil etildi. Forum Innovatsion rivojlaniş agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi taşabbusi bilan Ilmiy tadqiqotlarni baholaş böyiça San-Fransisko deklaratsiyasi (DORA), “Taylor & Francis Group” naşriyoti va “Clarivate” kompaniyasi hamkorligida ötkazildi.

Forumda akademik halollik va mas’uliyatli naşriyot tamoyillari, ilmiy tadqiqotlarni baholaşning zamonaviy yondaşuvlari hamda xalqaro ilmiy naşriyot talablari muhokama qilindi.

Şuningdek, plagiat, ilmiy ma’lumotlarni soxtalaştiriş, “maqola fabrikalari” (paper mills), taqriz jarayonidagi qoidabuzarliklar, soxta ilmiy jurnallar va sun’iy intellekt vositalaridan ilmiy faoliyatda noörin foydalaniş kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.

Galereya

Ulashish: