“Rektor kubogi – 2026” sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
2026-yil 16–24-oktabr kunlari universitetmizida talabalar o‘rtasida an’anaviy “Rektor kubogi – 2026” ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar suzish, badminton, shaxmat, stol tennisi va mini-futbol sport turlari bo‘yicha tashkil etilib, talabalarga o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va sport salohiyatini namoyon etish imkonini berdi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, sportga bo‘lgan qiziqishlari, qat’iyat va intilishlarini namoyon etdilar.
Musobaqalar yakunida har bir sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, bugun, 26-oktabr kuni ular sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
“Rektor kubogi – 2026” universitet talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, sport madaniyatini rivojlantirish va talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.