2026-yil 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitetining “Turizm” yo‘nalishi magistrantlari uchun “Silk Road Samarkand” turizm markaziga o‘quv amaliyoti tashkil etildi. Tashrif universitetning Turizm kafedrasi dotsenti F.Zohidov rahbarligida amalga oshirildi.
“Silk Road Samarkand” turizm markazi kadrlar bo‘limi menejeri A.Abduraufov magistrantlarga markazning loyihalashtirilishi, turistik salohiyati, infratuzilmasi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, magistrantlar markazdagi Hilton, LIA by Minyon va Savitskiy Plaza mehmonxonalari faoliyati bilan tanishishdi. “Silk Road Samarkand” turizm markazi mehmonlar bilan ishlash menejeri J.Mo‘minov 5 va 4 yulduzli mehmonxonalarning xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari, MICE turizmi sohasidagi tashabbuslari va innovatsiyalari haqida so‘zlab berdi.
Tashrif davomida magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan javob oldilar va olingan tajriba hamda bilimlarni kelajakda ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llash niyatida ekanliklarini bildirdilar. Mazkur tashrif universitet hamda “Silk Road Samarkand” turizm markazi o‘rtasidagi uzluksiz akademik va amaliy hamkorlik doirasida amalga oshirildi.