Bugun, 9-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva, tyutorlar G.Mirzaqobilova va S.Abbasova hamkorligida “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (xitoy tili)” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich 125-guruh talabalari uchun ajoyib psixologik trening o‘tkazildi. O‘zini anglash, qabul qilish, kuchli tomonlarini namoyon etish imkonini beruvchi “Men...” psixologik texnikasi amaliyotda qo‘llanildi. O‘zini taqdim etish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ushbu usul talabalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, yashirin imkoniyat, potensialini ochishga yordam beradi. Trening talabalarga ulkan motivatsiya ulashib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.