Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda “Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursi”ning navbatdagi guruh darslari yakunlandi

18.03.2026 1 daq o'qish 71

Universitetimizda “Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursi”ning navbatdagi guruh darslari yakunlandi

2024-yil sentabr oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida arab, yapon, xitoy va boshqa xorijiy tillarda xizmat ko‘rsatuvchi “Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursi” ish boshlagan edi.

Kursning 5-guruh tinglovchilari uchun 2025-yil noyabridan 2026-yil fevraligacha darslar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar universitet professorlari va malakali gidlar tomonidan nafaqat auditoriyalarda, balki Samarqand, Buxoro, Xorazm, Shahrisabz va Toshkentdagi turistik obyektlarda ham nazariy va amaliy shaklda o‘tkazildi.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida yakuniy suhbat tashkil qilindi. Unda professor-o‘qituvchilar, tajribali gidlar va universitet xodimlaridan iborat komissiya ishtirok etdi. Suhbat davomida tinglovchilarning gidlik faoliyatiga tayyorgarlik darajasi va turistik obyektlar haqidagi bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Komissiya a’zolari tomonidan tinglovchilarga tegishli tavsiya va maslahatlar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar bildirildi.

Galereya

Ulashish: