UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Payariq tumanida Prezident qarorlari ijrosi doirasida turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi

15.08.2025 1 daq o'qish 1

Payariq tumanida Prezident qarorlari ijrosi doirasida turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-son va PQ-269-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek hududlarning turizm salohiyatini oshirish maqsadida Payariq tumani hokimligi hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti oʻrtasida imzolangan hamkorlik rejasiga asosan, 2025-yil 14-avgust kuni 3-son politexnikumda navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir “Payariq tumani turizm salohiyatini oshirishda xizmat koʻrsatish sohalari va xorijiy tillarning oʻrni” mavzusiga bagʻishlanib, universitetning Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borildi.

Tadbirda politexnikum oʻqituvchilari, mahalla faollari, tadbirkorlar va turizm sohasi vakillari ishtirok etdilar. Suhbat davomida xizmat koʻrsatish tarmogʻi, ovqatlanish maskanlari, uy mehmonxonalari va gid-hamrohlar faoliyatining ahamiyati keng yoritildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik va MChJlar faoliyatini boshlashga oid huquqiy maslahatlar ham berildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Ulashish: