Qadimgi madaniy manzil hisoblangan “Xo‘jayi Serob ota” ziyoratgohi VIII-XII asrlarga oid ziyoratgoh bo‘lib, uning yonida qadimiy Peshag‘or g‘ori joylashgan. G‘or Peshag‘or to‘rtta g‘ordan iborat tabiiy majmuaning bir qismidir. “Peshag‘or” nomi “ostona” yoki “g‘orga kirish” degan ma’noni anglatadi. G‘orga kirish uchun o‘lchami 1x1,5 metrga yetadigan kirish joyidan o‘tish kerak bo‘ladi.
Shu kabi boy tabiat manzilllari O‘zbekistonning boy turizm saloyiyatini yana bir bora tasdiqlaydi.