UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

2025-yilning 14-oktabr kuni UN Tourism tematik ofisida, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda universitetning ikki nafar tayanch doktorantlari Mardonova Dilrabo Shirinboyevna hamda Toyirova Shohista Bobobekovnalarning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya muhokamasi bo'lib o'tdi.

16.10.2025 1 daq o'qish 1

Seminarda Mardonova Dilrabo Shirinboyevna “Mehmonxona biznesida xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish mexanizmini takomillashtirish” hamda Toyirova Shohista Bobobekovna esa “Tog‘ va tog‘oldi hududlarida ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi hamda erishilgan natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni seminar a’zolari va yig’ilganlarga taqdimot qilib berishdi.

Tayanch doktorantlar taqdimotlari seminar a’zolari hamda qatnashuvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinib, kelgusi tadqiqotlarini davom ettirishda universitet professor-o'qituvchilari tomonidan tavsiyalar berildi.

Ulashish: