Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2023 yil 26-apreldagi PQ-135-sonli hamda 2024 yil 18-iyuldagi PQ-269-sonli qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Forum Buxoro davlat universitetining 95 yilligi munosabati bilan o‘tkazgan tadbirlar doirasida tashkil etildi. Unda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, soha mutaxassislari hamda turizm sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlar ishtirok etishdi.
Forumda Turizm kafedrasi dotsenti F.Zoxidov ishtirok etdi.
Kun tartibida turizm sohasi bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, “Turizm universitetlari xalqaro uyushmasi” nizomi va uning faoliyatini tashkil qilish masalalari, Turizm va mehmondo‘stlik sohasida ilmiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda Oliy ta’lim muassasalari tomonidan turizm sohasini rivojlantirish, hududlarning turizm salohiyatini oshirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Oliy ta'lim muassasalari tomonidan biriktirilgan tuman va shaharlarda xorijiy tillarda kontentlar yaratish, qisqa muddatli kurslar tashkil etish, talabalar amaliyotini kengaytirish hamda xalqaro ilmiy anjumanlar, festivallar va turli madaniy tadbirlar orqali respublikaga xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, forumning 2 kunida Fransiyaning Vatel mehmonxona va turizm biznes maktabi franshizasi asosida ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari, hamda turizm va mehmondo‘stlik ta’limining boshqa ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.