O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarorining 14-bandi ijrosi yuzasidan universitetimizning Turizm kafedrasi dotsenti v.b. Muslima Amiriddinova Hindistonning Dehli shahrida joylashgan Indian Institute of Packaging (IIP) da bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy tadbirda ishtirok etib, “O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi turizm sohasidagi aloqalar” mavzusida maruza qildi. Mazkur tadbirda IIP direktori doktor Tanweer Alam, institut professor-o‘qituvchilari hamda ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi doirasida dunyoning 29 ta mamlakatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar qatnashdilar. Uchrashuv davomida turizm sohasi doirasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikning kengayishi, yangi loyihalar, gastronomik turizm imkoniyatlari, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar keng muhokama qilindi. Ushbu tadbirda Muslima Amiriddinova O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixiy-madaniy merosi, milliy taomlari va mehmondo‘stlik an’analari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u Hindiston bilan turizm aloqalarini rivojlantirishning istiqbollari, qo‘shma tadbirlar, seminar va konferensiyalar tashkil etish orqali ikki davlat o‘rtasida madaniy-diplomatik ko‘priklarni mustahkamlash xususida to‘xtalib o‘tdi