2025-yil 20–24-oktabr kunlari Samarqand shahridagi Y.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutida “Arxeologik artefaktlar va muzey kolleksiyalarining inventarizatsiyasi va ma’lumotlar boshqaruvi” nomli xalqaro madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningda universitetning arxeologiya mutaxassisligi magistrantlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar arxeologik artefaktlar va muzey kolleksiyalarini hujjatlashtirish, kataloglashtirish hamda raqamli boshqaruvga oid qimmatli bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Seminar, shuningdek, talabalarga xorijiy ekspert va tadqiqotchilar bilan tajriba almashish imkoniyatini ham yaratdi.
Seminar yakunida magistrlarga sertifikatlar topshirildi.