“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘quv ishlari boʻyicha prorektori Joseph Hoffmann tashabbusi bilan Tehron universitetining Qadimgi eron tillari va madaniyati kafedrasi mudiri, professori Mahmoud Jaafari-Dehaghi universitet talabalari uchun maxsus ma’ruza o‘tkazdi.
Ma’ruza davomida Eron va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro madaniyatlararo muloqat tarixiga oid ma’lumotlar yoritildi. Professor o‘z chiqishida madaniy meros sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar, Tehron universitetida olib borilayotgan izlanishlar, shuningdek, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarning rivojlanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda professor bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Tehron universiteti oʻrtasida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida oʻzaro kelishuvga erishildi.