Rektor talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishdi
Universitetimiz rektori talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi.
Tashrif davomida rektor talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari, kundalik hayoti hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.
Shuningdek, talabalar turar joyidagi xonalar, umumiy foydalanish joylari va mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, tozalik, qulaylik va zarur infratuzilmaning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, turli takliflarini bildirdilar. Rektor tomonidan talabalarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.