2025-yil 15-oktabr kuni Toshkent shahrida “Ilmdan o‘zga najot yo‘q” shiori ostida o‘tkazilgan Turkiy universitetlar ittifoqi (TURKÜNİB)ning VIII Bosh Assambleyasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) hamda Tashkent International University (TIU) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda TDT Kotibiyati rahbarlari, TURKÜNİBga a’zo 100 dan ortiq universitet rektorlari, ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar hamda taniqli olimlar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida mamlakatimizning turkiy dunyodagi nufuzini oshirish, oliy ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.