1–16 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizmni boshqarish markaziy akademiyasi tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirokchilar dastlabki birinchi hafta davomida Xitoyning Jilin Turizm va Mehmondo‘stlik Universitetida turizm hamda madaniy merosni asrash borasidagi mahalliy yondashuvlar va amaliyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilar tashrifning ikkinchi haftasida Pekindagi Madaniyat va Turizmni Boshqarish Markaziy Akademiyasida bo‘lib o‘tgan dars jarayonlarida faol ishtirok etib, turli loyihalar tayyorlashda ham qatnashdilar. Universitetimiz vakillarining faolligi va darslardagi ishtiroki yuqori baholangan bo‘lib, ularga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar taqdim etildi. Ushbu ikki haftalik seminardan ko‘zlangan maqsad nomoddiy madaniy merosni himoya qilish, saqlash va innovatsion rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, uni turizm sohasi bilan samarali integratsiya qilish yo‘llarini o‘rganishdir.