Unda O‘zbekiston nomidan "Amirsoy Resort" tog‘ kurorti, Chang‘i sport turlari federatsiyasi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari ishtirok etdi. Sammit doirasida raqamli platformalar, xalqaro marketing, ekologik me’yorlar, kadrlar almashinuvi va sohaga kadrlar tayyorlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan Turizm kafedrasi dotsenti Firuz Zohidov ishtirok etdi. Turkiy mamlakatlardagi tog‘ changi kurortlarida ta’lim klasterini joriy qilish taklif etilib, uning ish mexanizmiga doir taqdimot qilindi. Ahamiyatlisi, Akademik hamkorlik masalalari ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, 2025-yil fevral oyida "Amirsoy Resort" Ittifoq faoliyatini boshlanishida birinchi Turkiy chang‘i kubogiga mezbonlik qilgan. Keyingi sammit 2026-yil fevral oyida Turkiyaning "Uludog‘" kurortida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.