A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Turizm va mehmondo‘stlik sohasida ilmiy izlanishlar va amaliy tajribaning uyg‘unligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda:
Amiriddinova Muslima Zayniddin qizi — “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi dotsenti tashrif buyurdi.
Davra suhbati davomida turizm va mehmondo‘stlik sohasining bugungi rivojlanish tendensiyalari, ilmiy izlanishlarning amaliyot bilan uyg‘unligi hamda sohaga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan:
turizm sohasida innovatsion yondashuvlar;
madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish;
yosh mutaxassislarni tayyorlashda amaliy tajribaning ahamiyati haqida qiziqarli ma’ruzalar va mulohazalar bildirildi.
Tadbir ishtirokchilarga yangi bilim va tajribalar almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.