Mehmonlarni universitet rahbariyati kutib oldi va Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan turizm va madaniy meros sohalarida xalqaro darajada mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Mehmonlarga universitetning aqlli kampusidagi turk xalqlariga oid milliy kiyimlar galereyasi, rasmlar ko‘rgazmasi katta taassurot qoldirdi. Tashrif davomida mehmonlar universitetimiz qoshidagi turizm akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishadi.