18-oktabr Samarqand shahar kuni munosabati bilan universitetimizda bayram tadbiri tashkil qilindi. Mazkur bayram tadbirida professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida ishtirokchilarga Samarqand shahrining boy tarixi, nodir madaniy merosi va bugungi kundagi taraqqiyoti haqida keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va qo‘shiqlar orqali Samarqandning betakror go‘zalligi, uning yurtimiz tarixidagi o‘rni va ahamiyati yorqin ifoda etildi. Tadbir davomida Samarqandning nafaqat tarixiy, balki madaniy va ilmiy markaz sifatidagi o‘rni, u yerda kamol topgan buyuk allomalar va ularning ilmiy merosi haqida ham so‘z yuritildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda Vatanga, ayniqsa, Samarqand shahriga bo‘lgan muhabbat va faxr tuyg‘ularini ifoda etishdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar hamda tashabbuskorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.