“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm kafedrasi oʻqituchisi Nilufar Raximova va bir guruh talabalar Xitoyning Beijing City universitetida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro yozgi maktabda faol qatnashmoqda.
Mazkur xalqaro yozgi maktab dasturi davomida talabalar turizm, madaniy meros, xalqaro madaniyatlararo muloqot va xitoy tilini chuqurroq o‘rganib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Darslar bilan bir qatorda talabalar uchun Xitoy madaniyati va tarixini yaqindan o‘rganish imkoniyatini beruvchi maxsus tadbirlar va madaniy ekskursiyalar ham tashkil etilmoqda.
Ushbu xalqaro hamkorlik talabalarning xalqaro tajribasini boyitish bilan birga universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.